20:24 / 05.05.2021
2 010

Superliga. "Qo‘qon-1912" Andijonda g‘alaba qozondi


Superliga 7-turidan o‘rin olgan yana bir bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Andijonda ztkazilgan "Vodiy derbisi"da "Qo‘qon-1912" "Andijon" ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi - 1:2!
Dastlab, 3-daqiqada tezkor gol kiritib olgan qo‘qonliklar o‘yinda nazorati qo‘lga olishdi va taym so‘ngida hisobni yiriklashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi taym yakuni arafasida biroz nazoratni qo‘ldan chiqarishgach esa, "Andijon" vaziyatdan unumli foydalanib, Boakyening goli evaziga qaytish amalga oshirdi. Biroq shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi: "Vodiy derbisi"da qo‘qonliklar g‘olib!
Shu tariqa, ochkolari sonini 12 taga yetkazib olgan "Qo‘qon-1912" 2-o‘rindagi "So‘g‘diyona"ga onlayn turnir jadvalida yetib oldi. Jizzax klubining o‘yini esa ayni daqiqalarda start oladi. "Andijon" esa 4 ochko bilan 12-o‘rinda qolmoqda.

ANDIJON – QO‘QON-1912 - 1:2
Gollar:
Muhammadanas Hasanov 3, - 0:1. Mo‘min Meliyev 45+1, - 0:2. Martin Boake 75, - 1:2 (Izzatilla Abdulhaqov).
Amalga oshirilmagan penalti: Jasur Jaloliddinov 87 (darvozabon).
"Andijon": 32.Javohir Qilichev, 5.Abduvohid G‘ulomov, 7.Martin Boake, 9.Kamron Saidazimov (17.Farhodjon Sohibjonov, 76), 10.Jasur Jaloliddinov, 14.Doniyor Ismoilov (20.Izzatilla Abdulhaqov, 64), 23.Mardon Abdullayev (28.Sunnatillo Hamidjonov, 76), 33.Doniyor Abdumannopov, 49.Plamen Dimov, 70.Diyor Rahimqulov, 77.Muhammad Isayev (8.Baxtiyor Qosimov, 58).
Zaxira: 44.Jasurbek Umrzoqov, 4.Usmonali Ismonaliyev, 6.Ibrohim Otaxonov, 11.Abdulhay Ismoilov, 18.Abdug‘ani Kamolov.

"Qo‘qon-1912": 1.Muzaffar Abdullayev (46.Xurshid Xo‘jayev, 90+2), 5.Slavko Lukich, 8.Farhod Bekmurotov, 10.Shohnazar Norbekov (9. Hamidullo Abduhamidov, 90+2), 11.Mo‘minjon Meliyev (14. Avaz Mamatxo‘jayev, 62), 13.Sardor Azimov (7. Asadbek Sobirjonov, 62), 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov, 91.Yakuba Bamba (20.Iqbol Malikjonov, 52).
Zaxira:  3.Bobur Akbarov, 4. Ilhom Vahobov,  18. Anvar Xojimirzayev, 99. Andrey Sidorov.
Ogohlantirishlar: Mo‘min Meliyev 21, Slavko Lukich 25, Muhammad Isayev 38, Murod Xolmuhammedov, Abduvohid G‘ulomov 72, Jasur Jaloliddinov 76, Iqbol Malikjonov 83, Farhod Bemurotov 87.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Qo‘qon-1912" Andijonda g‘alaba qozondi