
BAA chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Xatta" va "Ittixad Kalba" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Mazkur bahsda Doston Hamdamov harakat qilayotgan "Xatta" klubi yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvni legionerimiz zaxiradan boshladi va 55-daqiqada Valid o‘rniga tushirildi. Oradan 14 daqiqa o‘tib, Doston o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, so‘nggi o‘rinda borayotgan "Xatta" ochkolar sonini 12taga yetkazib oldi. Chempionat tugashiga yana bitta tur qoldi. Hozircha Hamdamov jamoasida yuqori ligada qolish imkoni mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar