Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasining 29-turida «Ufa» 8 may, shanba kuni o‘z maydonida «Zenit»ni qabul qildi.
Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ufaliklar safida harakat qiladigan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov mazkur bahsda 57-daqiqada maydonga tushirildi.
Ushbu durangdan keyin 28-turdayoq chempionlik masalasini hal qilgan «Zenit»ning ochkolari soni 62 taga yetdi. «Ufa» esa 22 ochko bilan 14-o‘ringa ko‘tarildi va xavfli zonani tark etdi.
«Ufa» — «Zenit» 0:0
«Ufa»: Belenov, Pliyev, Yokich, Nikitin, Mrzlyak (O‘runov, 57), Kamilov (Golubev, 78), Miletich, Ivanov, Bauer (Morozov, 78), Andrich, Jamaletdinov (Sisuyev, 57).
«Zenit»: Kerjakov, Chistyakov, Duglas Santos, Krugovoy, Karavayev, Barrios (Shamkin, 83), Ozdoyev (Jirkov, 71), Yeroxin (Xotulev, 83), Sutormin, Malkom (Krapuxin, 86), Azmun (Kravsov, 70).
Ogohlantirishlar: Pliyev (80), Barrios (81), Xotulev (84), Belenov (90). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi