Rasmiy xabar: Ektor Kuper - Kongo DR termasi bosh murabbiyi!

Rasmiy xabar: Ektor Kuper - Kongo DR termasi bosh murabbiyi!
2018-2019 yillar davomida O‘zbekiston milliy termasida ishlagan Ektor Kuper faoliyatini Kongo Demokratik Respublikasi termasida davom ettiradi.

Kongo DR termasi Qatarda bo‘ladigan JCH-2022 saralashining 2-bosqichi J guruhidan o‘rin olgan va Benin, Madagaskar hamda Tanzaniya termalari bilan kuch sinashadi. Termaning dastlabki o‘yini 1 sentabr kuni Tanzaniya termasiga qarshi o‘tkaziladi.

Qayd etish kerak, Ektor Kuper Rossiyada bo‘lgan 2018 yilgi mundialga Misr termasini olib chiqqan va unda muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar