21:49 / 19.05.2021
1 958

Kichik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qaytarib oldi


O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Tengma-teng kurashlarga boy o‘tgan o‘yin toshkentliklarning kichik - 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin taqdirini hal qilgan yagona golga 62-daqiqada Dragan Cheran mualliflik qildi.

Shu tariqa, g‘alabani qo‘lga kiritgan "Paxtakor" turnirdagi ochkolari sonini 22 taga yetkazib olgan holda jadvaldagi peshqadamlikni qaytarib oldi. Ayni damda ularning hisobida bitta zaxira uchrashuvi ham mavjud. "Qizilqum" esa 10 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

"Qizilqum" – "Paxtakor" 0:1
Gol:
Dragan Cheran  62, 0:1

"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov 6. Erkin Boydullayev 7. Oybek Qilichev 8. Giorgi Kuhianidze 10. Mate Vatsadze 14. Fayzullo Qambarov 18. Jasur Azimov 19. Jamshid Hasanov 20. Islom To‘xtaxo‘jayev 21. Muhsinjon Ubaydullayev 75. Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22. Artyom Makosin 4. Mirjalol Kasimov 9. Bexruz Sadillayev 11. Shamsiddin Sagdullayev 15. Xusan Rasulov 17. Salim Mustafoyev 23. Sherali Jo‘rayev 25 Azizbek Usmonov 44. Xumoyun Abdualimov.

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov 3. Xojiakbar Alijonov 5. Anzur Ismailov 9. Eren Derdiyok 10. Dragan Cheran 18. Xojimat Erkinov 19. Sharof Muxitdinov 21. Abrorbek Ismoilov 23. Sherzod Azamov 28. Diyor Xolmatov 34. Farrux Sayfiyev.
Zaxira: 25. Eldorbek Suyunov 6. Ibroximhalil Yuldoshev 8. Azizbek Turg‘unboyev 14. Xumoyunmirzo Iminov 15. Yegor Krimets 16. Marlen Chobanov 17. Sherzod Temirov 42. Abbosbek Fayzullayev 99. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kichik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qaytarib oldi