23:18 / 19.05.2021
1 779

Aleksandr Xomyakov "Mash’al"ning g‘alabasi haqida qanday fikrda?


“Mash’al” – AGMK (2:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ajoyib o‘yin va g‘alaba. Bunday g‘alabadan keyin xursand bo‘lmaslik mumkinmi? Futbolchilar xarakter ko‘rsatishdi. Bugungi o‘yinga tanlagan reja va taktikamiz ish berdi va buni o‘yinchilar a’lo darajada bajardilar. Buning uchun futbolchilarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ularning oldida shlyapamni yechaman!

Bugungi raqibimiz jiddiy edi va shunga qarab tayyorlangandik. 7 ta o‘yindan beri darvozamizdan gol o‘tkazib yuborayotganimiz albatta yoqimsiz. Muhimi, biz g‘alaba qozondik va kamchiliklarimiz ustida yana ishlashda davom etamiz.

Bugungi o‘yin uchun birorta futbolchimizni alohida ko‘rsatmayman. Barchasi g‘alaba uchun mehnat qildi. Tabiiyki, murabbiy sifatida o‘yinchilarimdan hamisha eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishini istayman. Biz yana mehnat qilishdan to‘xtamaymiz. Muxlislarimizni ham g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi Xomyakov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov "Mash’al"ning g‘alabasi haqida qanday fikrda?