Osiyo chempionati. Bugun bokschilarimiz medallar uchun ishtirokini boshlaydi

Osiyo chempionati. Bugun bokschilarimiz medallar uchun ishtirokini boshlaydi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Kechagi kun bellashuvlarda ikki nafar hamyurtimiz Abdumalik Xalakov va Saidjamshid Jafarov g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. Bugun chorak final janglari bo‘lib o‘tadi.

Juftliklar bilan tanishing:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Mousa Hasim (Iroq)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Muhammad Uddin (Hindiston)
-64 kg: Elnur Abduraimov - Sultan Muhammad (Afg‘oniston) 
-91 kg: Sanjar Tursunov - Abdul Qodir (Afg‘oniston) 
-49 kg: Gulasal Sultonaliyeva - Rasmika Ilangaratha (Hindiston) 
-51 kg: Tursunoy Raximova - Nazim Kizaybay (Qozog‘istonlik) 
-57 kg: Sitora Turdibekova - Keshani Kasturiarachchi (Shri-Lanka) 
- 60 kg: Rayhona Qodirova - Simranjit Baat (Hindiston) 

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 19:00'dan AIBA'ning You Tube kanali orqali translatsiya qilinadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Osiyo chempionati. Bugun bokschilarimiz medallar uchun ishtirokini boshlaydi – Zamin.uz, 25.05.2021