17:07 / 03.06.2021
2 138

Jaloliddin Masharipov: "Saudiya Arabistonida o‘zimni uydagidek his qilyapman"


Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha Saudiya Arabistonidagi dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Mashg‘ulot oldidan Jaloliddin Masharipov O‘FA matbuot xizmatiga fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi rasmiy o‘yin oldidan BAAda Tailand bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Mazkur bahsda g‘alaba qozonib o‘zimizga bo‘lgan ishonch ortdi. Hammasi rejadagidek ketmoqda. Baribir Saudiya Arabistonida tartib kuchli bo‘lishi oldindan ma’lum edi. Bunday holatga tayyor bo‘lishimiz kerak. Chunki birinchi va ikkinchi o‘rin uchun asosiy raqobatchimiz Saudiya Arabistoni. Mezbonlarning asosiy raqibi bizmiz. Shu bois normal holat sifatida qabul qilamiz. "Al Nassr" bilan shartnomam bor. Bir tomondan o‘zimni uyimga kelgandek ham bo‘ldim", - deydi Jaloliddin Masharipov O‘FA matbuot xizmatiga.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport