13:00 / 17.06.2021
3 320

Jaloliddin Masharipov: O‘yin boshidan ikkinchi bo‘limdagidek o‘ynashimiz kerak edi


O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2022 2-saralash bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistoniga yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va mundialdan bu safar ham quruq qoldi. Uchrashuvdan keyin yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov Saudiya nashriga intervyu berdi.

– Qiyin bahs bo‘lishini kutgandik. Bu turnirga kelishdan avval ikki o‘yinda g‘alaba qozonishimizga yigitlar ishongandi. Uchinchi uchrashuv biz uchun finalga teng edi. Bu o‘yinga qattiq tayyorgarlik ko‘rib yuborganimiz bizga minusga ishladi.

Ortiqcha ishtiyoq sababli birinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamadi. Ikkinchi taymda o‘z futbolimizni o‘ynadik. Termamiz baribir to‘p bilan yaxshi harakat qiladi. Gollar ham xatolarimizdan so‘ng urildi. O‘yin boshidan ikkinchi bo‘limdagidek o‘ynashimiz kerak edi", - dedi futbolchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov: O‘yin boshidan ikkinchi bo‘limdagidek o‘ynashimiz kerak edi