Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Yevro-2020 chorak finalida Angliyaga (0:4) uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.
- Bugungi bellashuvda bir qator epizodlarda raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Ayniqsa, ikkinchi qavatdagi kurashlarda. Bu borada inglizlarda ustunlik bo‘lishi bilardik. Markaziy himoyachimiz Krivsovning yo‘qligi ham biz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. U aynan ikkinchi qavatdagi kurashlarda foydasi tegishi aniq etdi.
- Har ikkala taym boshida gollar o‘tkazib yuborildi...
- Ha, aynan biz shunday vaziyatlar ro‘y bermasligi uchun astoydil ter to‘kishimiz lozim edi. Ammo har qanday vaziyatdayam jamoa o‘z uslubi va prinsiplariga sodiq holda harakat qildi. Biz ayrim daqiqalarda o‘yinni nazorat qila oldik, xavfli hujumlarni tashkil qildik. Albatta o‘yin saviyasi borasida raqib bizdan ustunroq edi. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda inglizlar ustunroq edi va ular bundan samarali foydalana olishdi.
- Yevrodan chiqargan xulosalaringiz...
- Hozirdan aniq bir xulosa chiqarishga shoshilmayman. Kiyevga qaytgach barchasini tahlil qilib, keyin yakuniy fikrimni bildiraman”, deya Shevchenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tribuna.com sayti Futbol 1 telkanaliga tayanib. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi