14:56 / 04.07.2021
2 305

Shevchenko: “O‘yin saviyasi borasida farq katta edi”


Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Yevro-2020 chorak finalida Angliyaga (0:4) uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.
- Bugungi bellashuvda bir qator epizodlarda raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Ayniqsa, ikkinchi qavatdagi kurashlarda. Bu borada inglizlarda ustunlik bo‘lishi bilardik. Markaziy himoyachimiz Krivsovning yo‘qligi ham biz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. U aynan ikkinchi qavatdagi kurashlarda foydasi tegishi aniq etdi.

- Har ikkala taym boshida gollar o‘tkazib yuborildi...
- Ha, aynan biz shunday vaziyatlar ro‘y bermasligi uchun astoydil ter to‘kishimiz lozim edi. Ammo har qanday vaziyatdayam jamoa o‘z uslubi va prinsiplariga sodiq holda harakat qildi. Biz ayrim daqiqalarda o‘yinni nazorat qila oldik, xavfli hujumlarni tashkil qildik. Albatta o‘yin saviyasi borasida raqib bizdan ustunroq edi. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda inglizlar ustunroq edi va ular bundan samarali foydalana olishdi.

- Yevrodan chiqargan xulosalaringiz...
- Hozirdan aniq bir xulosa chiqarishga shoshilmayman. Kiyevga qaytgach barchasini tahlil qilib, keyin yakuniy fikrimni bildiraman”, deya Shevchenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tribuna.com sayti Futbol 1 telkanaliga tayanib.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shevchenko: “O‘yin saviyasi borasida farq katta edi”