18:30 / 05.07.2021
2 735

Diyor Imomxo‘jayev: Kamida Qatar sarflayotgan pullarga ega bo‘lishimiz kerak


O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev chempionat uchrashuvlarining translyatsiyasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

- Futbol uchrashuvlarini translyatsiya qilayotganlarni tanqid qilish mumkin. Ammo savolni boshqacharoq qo‘yish taklifini bergan bo‘lardim.
Men bilgan kamerachilar, rejissyorlar bir necha yillardan buyon faoliyat olib boradi. Bir necha yillardan buyon yo yomg‘ir ostida yoki quyosh nurida mehnat qiladi. Lekin ularning saviya va mahoratini oshirish uchun qanday ishlar qilindi?

Ularga xorijiy telekanallar va translyatsiyalarni o‘rganish, fikr almashish imkoniyati yaratildimi? Futbol uchrashuvlarini namoyish qilayotgan ko‘chma televizion stansiyalar qachon xarid qilingan, bugun biz qaysi texnika bilan ishlayapmiz va jahon nimani afzal bilyapti? Bitta uchrashuvda nechta kameradan ishlashga imkonimiz bor?

Yaxshi va sifatli translyatsiya juda katta mablag‘ talab qiladi. Bizda KTSlar soni sanoqli, kattaroq bayram yoki tadbir tashkil etilsa, futbol avtomatik ravishda uchinchi yoki to‘rtinchi planga tushadi va bu normal holat. Chunki texnikalar soni chegaralangan. Hozirgi sharoitda translyatsiyalar ham, VAR ham haminqadar tizimda ishlayapti, biz hammadan ortda qolib ketmaslik harakatidamiz.

Hammaga yetib olish yoki ulardan o‘tish uchun kamida Qatar sarflayotgan pullarga ega bo‘lishimiz kerak. Kechirasiz-u, biz bunga tayyor emasmiz. Biz shu davrda tizimli muammolarimizni birgalikda tan olib, havaskorlar rejimiga tushishdan iymanmay, shu yo‘l orqali to‘g‘ri yo‘nalishga o‘tib olishimiz kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: Kamida Qatar sarflayotgan pullarga ega bo‘lishimiz kerak