21:56 / 12.07.2021
2 013

Sautgeyt: "Angliya bilan Qatarga borishni xohlayman"


Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Yevro-2020dan so‘ng yangi shartnoma haqida gapirdi.
"Hozir bu haqda o‘ylashning payti emas deb o‘ylayman. Biz Qatardagi JCH-2022da ishtirok etish huquqini olishimiz kerak. Hozirda menga Yevro-2020 yakunlarini baholash uchun vaqt kerak. Dam olishim kerak.

Bu ajoyib tajriba bo‘ldi. Mamlakat terma jamoasini boshqarish kuch talab qiladi. Shu bilan birga qo‘llab-quvvatlashni his qilish - bu ajoyib. Murabbiy sifatida siz buni juda qadrlaysiz.

Men jamoa bilan Qatarga bormoqchiman. To‘rt yil davomida o‘sishga erishganimizni his qilyapman. Bizda to‘rtinchi, uchinchi o‘rinlar bo‘lgandi, hozir esa ikkinchi", - deydi Sautgeyt.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sautgeyt: "Angliya bilan Qatarga borishni xohlayman"