22:45 / 26.07.2021
2 978

Medallar sarhisobi: Yaponiya peshqadamlikni Xitoydan tortib oldi, O‘zbekistonda pasayish


Kollaj: «Daryo» / Foto: Getty Images
Tokio—2020 Olimpiadasining 26 iyul kungi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Yozgi o‘yinlarning rasmiy ikkinchi kunida 21 ta medallar shodasi o‘ynaldi.

Medallar bo‘yicha umumiy ro‘yxatda o‘zgarishlar ro‘y berdi. Dastlabki ikki kundagi peshqadamlikdan keyin Xitoy reytingda uchinchi o‘ringa tushib ketdi. E’tiborlisi, xitoylik sportchilar 26 iyul kuni birorta ham oltin medalga ega chiqolmadi.

Yaponiya oltinlari sonini 8 taga yetkazib olgan holda peshqadamga aylandi. AQSH esa 7 ta oltin bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.
Dastlabki ikki kunlikda bitta ham oltin medal qo‘lga kirita olmagan Buyuk Britaniya uchinchi kunda bir yo‘la uchta oltin olgan holda reytingning kuchli beshligidan o‘rin oldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi 25 iyul kungi yagona oltin medal bilan 16—23-pog‘onada bormoqda.
Tokio—2020 medallar reytingi (top-10)
  1. Yaponiya — 8-2-3 (13)
  2. AQSH — 7-3-4 (14)
  3. Xitoy — 6-5-7 (18)
  4. ROQ (Rossiya) — 4-5-3 (12)
  5. Buyuk Britaniya — 3-3-1 (7)
  6. Janubiy Koreya — 3-0-4 (7)
  7. Avstraliya — 2-1-3 (6)
  8. Kosovo — 2-0-0 (2)
  9. Italiya — 1-4-4 (9)
  10. Fransiya — 1-2-2 (5)
Shu vaqtga qadar jami 164 ta medal (50 tadan oltin va kumush, 64 ta bronza) o‘z egalariga topshirildi. 51 ta mamlakat vakillari kamida bittadan sovringa ega bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Medallar sarhisobi: Yaponiya peshqadamlikni Xitoydan tortib oldi, O‘zbekistonda pasayish