21:13 / 28.07.2021
2 754

«Qo‘limni bulg‘amoqchi emasman». Ikki dzyudochi isroillik sportchiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, Olimpiadani tark etdi

«Qo‘limni bulg‘amoqchi emasman». Ikki dzyudochi isroillik sportchiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, Olimpiadani tark etdi

Foto: Xalqaro dzyudo federatsiyasi/Tohar Butbul
«Siyosatsiz sport» shiori bir chetda dam olyapti. Tokiodagi Olimpiadada millatlararo va dinlararo juda katta nizolar yuz beryapti. Allaqachon ikki nafar dzyudochi Isroil vakiliga qarshi tatamiga chiqishni xohlamagani uchun musobaqadan chetlatildi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bu vaziyat yuzasidan hech qanday munosabat bildirmadi. Nahotki Olimpiadada ham futboldagi kabi ziddiyatli mamlakat sportchilari qur’a tashlash marosimidan so‘ng musobaqadan qatnashishdan bosh tortishni boshlaydi?

Isroil vakiliga qarshi jang qilishdan bosh tortgan jazoirlik sportchi Olimpiadadan chetlatildi
Olimpiada o‘yinlari sabab urushlar to‘xtagan vaqtlar o‘tib ketdi. Endi Olimpiadada mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayib bormoqda. Jazoirlik dzyudochi Fethi Nurin (-73 kg) qur’adan so‘ng darhol bellashuvlardan voz kechdi. Ikkinchi bosqichda unga isroillik Tohar Butbul qarshi kelishi mumkin edi. Bu mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar uzilganiga 30 yil bo‘ldi.

"Qo‘limni bulg‘ashni xohlamayman. Bu oxirgi qarorim. Bu lahzalar uchun anchadan buyon tayyorgarlik ko‘rardik, lekin qur’a natijasi bizni hayron qoldirdi", - dedi Fethi Nurin.

Sobiq dzyudochi va hozirda Nurinning murabbiyi bo‘lgan Omar Benixlef ham shogirdini qo‘llab-quvvatladi. Vatanida Nurinning qilgan ishi qahramonlikka tenglashtirildi va unga hurmat ko‘rsatilmoqda.

Foto: Twitter/Fethi Nurin
Bu holat keyin ham takrorlandi
Jazoirlik sportchining o‘rnini egallagan sudanlik Muhammad Abdalrasul ham Butbul bilan jang qilishdan bosh tortdi. U ham xuddi Nurin singari siyosiy vaziyat sabab shu qarorga kelgandi. Shundan keyin isroillik dzyudochiga  arab mamlakatlaridan boshqa vakil duch kelmadi, shunday bo‘lsa-da, Olimpiada medalini qo‘lga kiritish unga nasib etmadi.

Foto: Xalqaro dzyudo federatsiyasi/Muhammad Abdalrasul
Bunday olib qarasa, vaziyat ancha jiddiy. Boshqa sport turlarida ham bu hol sodir bo‘lmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Muammoni faqat XOQ hal qilishi mumkin.

Olimpiadada ziddiyatli mamlakat sportchilarini qur’a vaqtida ajratib yuborishdan boshqa chora yo‘qmi?
Isroillik dzyudochiga qarshi tatamiga chiqishdan bosh tortgan sportchilarga yagona tahdid Xalqaro dzyudo federatsiyasidan kelishi mumkin. Tashkilot allaqachon bu borada bayon berdi: «Dzyudo federatsiyasi hech qanday diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaydi va birdamlik prinsiplarini yoqlaydi».

Foto: Getty Images/Said Mollayi
2019 yilda shunga o‘xshash vaziyat sodir bo‘lgandi. O‘shanda eronlik dzyudochi Jahon chempionatida isroillik sportchiga qarshi tatamiga chiqishdan bosh tortgani uchun dzyudo federatsiyasi uni 4 yilga barcha musobaqalardan chetlatgandi. Said Mollayi rahbariyat talabi bilan isroillik dzyudochiga qarshi jang qilmaganini isbotlab bera olgandi. Bu taqiq Saidga ta’sir qilmadi.

U fuqaroligini o‘zgartirdi va Tokioga Mo‘g‘uliston vakili sifatida tashrif buyurdi. Sobiq eronlik sportchi Isroil vakiliga qarshi tatamiga chiqishga qarshi emas.

XOQ munosabat bildirmaslikda davom etsa, u holda yaqin orada xuddi futbolda bo‘lgani kabi ziddiyatli mamlakatlar vakillari qur’adayoq bir-biriga duch kelmasligi choralari amalga tatbiq etilishi katta ehtimol.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » «Qo‘limni bulg‘amoqchi emasman». Ikki dzyudochi isroillik sportchiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, Olimpiadani tark etdi
[/banner_pushhouse