22:22 / 02.08.2021
2 735

Shomurodovning "Roma"ga o‘tishi sobiq jamoasiga qancha daromad keltiradi?


Eldor Shomurodovning "Jenoa"dan "Roma"ga o‘tishi hamyurtimizning sobiq jamoasi - "Rostov"ga qancha daromad keltirishi ma’lum bo‘ldi.
Eurostavka tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi “Jenoa”dan “Roma”ga o‘tgach, rus klubi transferdan keladigan pulning 15 foiziga egalik qiladi.

Agar rimliklar avval xabar berilganidek Eldorni  2,5 million yevroga ijaraga olsa, u holda "Rostov" 375 ming yevro ishlab oladi.
Agar "Roma" ijara muddati yakunlangach, Shomurodovni 17 million yevroga to‘liq sotib olishga qaror qilsa, ushbu pullarning 1,5 millioni "Rostov"ga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” Shomurodovni 2020 yilning kuzida “Rostov”dan 7,5 million yevroga sotib olgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning "Roma"ga o‘tishi sobiq jamoasiga qancha daromad keltiradi?