
Eldor Shomurodovning "Jenoa"dan "Roma"ga o‘tishi hamyurtimizning sobiq jamoasi - "Rostov"ga qancha daromad keltirishi ma’lum bo‘ldi.
Eurostavka tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi “Jenoa”dan “Roma”ga o‘tgach, rus klubi transferdan keladigan pulning 15 foiziga egalik qiladi.
Agar rimliklar avval xabar berilganidek Eldorni 2,5 million yevroga ijaraga olsa, u holda "Rostov" 375 ming yevro ishlab oladi.
Agar "Roma" ijara muddati yakunlangach, Shomurodovni 17 million yevroga to‘liq sotib olishga qaror qilsa, ushbu pullarning 1,5 millioni "Rostov"ga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” Shomurodovni 2020 yilning kuzida “Rostov”dan 7,5 million yevroga sotib olgan edi.
Eldor ShomurodovJenoa RomaRostov DaromadTransfer FoizIjara MuddatiFutbol Yangiliklari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar