Foto: Twitter
Hujumchi Lionel Messi «Barselona»dan ketdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
- "Klub va Lionel Messi kelishuvga erishgan va bugun yangi shartnoma imzolash niyatida bo‘lishiga qaramay, La Liga reglamenti bilan bog‘liq iqtisodiy va tarkibiy to‘siqlar tufayli hujjatni rasmiylashtirishning iloji bo‘lmadi.
Shu tufayli Lionel Messi endi «Barselona» sharafini himoya qilmaydi. Tomonlar klub va futbolchining istaklari bajarilmaganidan qattiq afsusda.
«Barsa» futbolchiga klub rivojiga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi va unga shaxsiy va professional hayotida omad tilaydi", - deb bayonot berdi «Barselona» klubi.
Ma’lumot uchun, Messi «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2000 yildan beri klub sharafini himoya qiladi, 2003 yildan esa asosiy jamoada o‘ynaydi. U katalon klubi bilan Ispaniya chempionatida 10, Ispaniya Kubogi va Superkubogida 7, Chempionlar Ligasida 4, Yevropa Superkubogida va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida 3 martadan g‘alaba qozongan. Messi faoliyati davomida «Barselona»dan boshqa jamoada o‘ynamagan.
U «ko‘k-anorranglilar» safida umumiy hisobda 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol, 305 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning jamoa bilan qo‘lga kiritgan sovrinlari soni esa 35 tani tashkil qiladi.
Messi 2020 yilning yozida ham klub rahbariyatidan norozi bo‘lib jamoadan ketmoqchi bo‘lgan. Biroq o‘shanda qadrdon klubi bilan sudlanishni istamagani uchun Kataloniyada qolishga qaror qilgandi. 34 yoshli argentinalikning «Barselona» bilan shartnomasi 2021 yilning iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida «yashil» energiyani rivojlantirishga doir bitim imzolandi