15:20 / 12.08.2021
2 667

Lionel Messi «PSJ»da qancha pul ishlab topishi ma’lum bo‘ldi


Foto: «PSJ»
Hujumchi Lionel Messining «PSJ» bilan shartnomasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Le Parisien.
Manbaning xabar qilishicha, Lionel parijliklar bilan shartnoma imzolagani uchun 40 mln yevro ko‘tarma puli olgan.

Shuningdek, uning yillik maoshi 41 mln yevroni tashkil qiladi. Bundan tashqari futbolchi ayrim yutuqlar qo‘lga kiritilganda (masalan, «PSJ» YECHL g‘olibi bo‘lsa, o‘zi «Oltin to‘p» olsa) qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘ladi.

Shu tariqa Messi Parijdagi ikki yili davomida 122 million yevro kafolatlangan daromadga ega bo‘ladi. Agar tomonlar shartnomada ko‘rsatilgan bitimni yana bir yilga uzaytirish bandini faollashtirsa, u holda Messi jami 163 mln yevro ishlab oladi.

Messi «PSJ»ning va Fransiya chempionatining eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylandi. Neymar yiliga 36,8 mln yevro, Mbappe esa 25 mln yevro maosh oladi.

Messining «PSJ»dagi (bonuslardan tashqari) daromadi:
  • Yiliga: 61 million yevro (761 milliard 524 million so‘m)
  • Oyiga: 5,08 mln yevro (63 mlrd 419 mln so‘m)
  • Kuniga: 169,33 ming yevro (2 mlrd 114 mln so‘m)
  • Soatiga: 7055 yevro (88,08 mln so‘m)
  • Daqiqasiga: 117 yevro (1,49 mln so‘m)
  • Soniyasiga: 1,96 yevro (24 ming so‘m)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi «PSJ»da qancha pul ishlab topishi ma’lum bo‘ldi