“Barselona”dan ketgan Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin PSJ rahbariyati birinchi jamoaning o‘n nafar futbolchisini sotib yuboradigan bo‘ldi.
Sport.es nashri tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, parijliklar, birinchi navbatda, yarim himoyachilardan Idriss Guye va Ander Errera, hujumchi Mauro Ikardi bilan xayrlashadi. Shu o‘rinda, Lionel Messi o‘z hamyurti Mauro Ikardi bilan chiqisha olmasligini ta’kidlash lozim. Ikardi aynan Messining talabi bilan Argentina terma jamoasiga jalb etilmaydi.
Shuningdek, Maurisio Pochettino kelasi mavsumda Tilo Kerer, Abdu Diallo, Rafinya, Serjio Riko, Leyven Kurzava va Pablo Sarabiya kabi yana bir necha futbolchiga imkoniyat bermasligini ma’lum qilgan.
PSJ mavsum oralig‘ida Lionel Messidan tashqari Jorjino Veynaldum, Janluiji Donnarumma, Ashraf Hakimi, Serxio Ramos va Danilo Pereyra kabi yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y