4 667
«Bu mamlakat meni hurmat qilmaydi, nega uning bayrog‘ini ko‘tarishim kerak?» — UFC sportchisi Mahmud Murodov
Mahmud Murodov 2019 yilda UFC janglarida ishtirok eta boshladi va ushbu musobaqada qatnashgan ilk o‘zbek sportchisiga aylandi. Avvaliga hayratlanarli taqdirni boshidan kechirayotgan sportchining natijalaridan ko‘ra uning ishtiroki ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘ldi. Qurilishda ishlagani, ochlikni boshidan o‘tkazgani, Floyd Meyvezer bilan tanishgani — Murodov qiziqarli shaxsga aylangandi. UFC’dagi 3 ta ketma-ket g‘alabadan so‘ng Mahmud bo‘lajak yulduz ekanligi ayon bo‘ldi.
29 avgustda Murodov UFC’da to‘rtinchi jangini o‘tkazadi. Uning raqibi — liganing faxriy a’zosi Jerald Myorshart. Sport24 muxbiri Ivan Kovalyov Murodov bilan bog‘landi va qator savollarga javob oldi.
- Nima uchun Murodov endi Chexiyani hurmat qilmasligini (oxirgi yillarda o‘zi o‘sha yerda istiqomat qilgandi);
- O‘zini Habib darajasidagi yulduz deb hisoblaydimi?;
- Mahmud oxirgi yillarda o‘ziga yoki yaqinlariga qilgan eng yaxshi sovg‘asi;
- Las-Vegasdagi jang safari vaqtida do‘sti Floyd Meyvezer bilan uchrashishni reja qilgani haqida.
Iyun oyida O‘zbekistonda juda ko‘p uchrashuvlar sabab mashg‘ulotlarga qancha vaqt ajratgani haqida
Qayerda bo‘lmasin, nima bo‘lmasin, bir kunda kamida bir marta mashg‘ulot o‘tayman. Bu mening hayot tarzim. Murabbiy doim meni nazorat qiladi. Doim yugurish yoki og‘ir mashqlarni bajarish mumkin. Ko‘p uchrashuvlar may oyida bo‘lib o‘tgandi. Iyun, iyul oylarida tayyorgarlik ko‘rdim.
Odamlarning ko‘chadagi diqqat-e’tibori haqida
Odamlar kibrli ekan demasligi uchun bundan nolimayman. To‘g‘ri, salomlashib ketadigan va suratga tushishni so‘raydigan muxlislar bo‘ladi.
Chexiya yoki O‘zbekiston. Qaysi biri ustunligi haqida
99% O‘zbekiston. Bilasizmi nega? Hozir tushuntiraman. Avval ikkita bayroq ko‘tarardim. Hozir faqatgina bitta — O‘zbekiston. Chunki Chexiya hanuz menga fuqarolik bermadi. Bu mamlakat meni hurmat qilmaydi. Yashayotganimga besh yil bo‘lgan bo‘lsa-da, hamon hujjatlarni berishgani yo‘q. Qanaqa sabab bor, bilmayman. Vaqtida soliqlarni to‘lab boraman. Shunday qaror qildim: agar mamlakat seni hurmat qilmasa, uning bayrog‘ini nega ko‘tarishing kerak? Nega bir foiz Chexiyaga beraman. Do‘stlarim, jamoam — bularning barchasi bir foizga kiradi. Chexiyada 10 million aholi istiqomat qiladi. Oxirgi yillarda shu o‘ylar bilan yashayapman. Sen yordam berasan, unga boringni berasan, lekin ulardan sado chiqmaydi. Qanday salom berilsa, shunday alik olinadi. Kim bilandir jangga hozirlanayotgan bo‘lsang, sen ham jangni qabul qilishga tayyor turishing zarur.
Yashash joyni o‘zgartirish fikri haqida
Hammasi joyida. Agar fuqarolik berishmasa, boshqa Yevropa mamlakatida yashashim yoki Chexiyaga soliq to‘lamay qo‘yishim mumkin. Hozirda O‘zbekistonda yashayapman. U yerda MMA rivoji uchun yordam beryapman. Yilning sakkiz oyini O‘zbekistonda o‘tkazaman.
4 kun oldin Vegasga kelgani haqida (intervyu 26 avgust kuni olingan), iqlimga moslashish uchun bir haftagina muhlat bo‘lishi, bu juda oz muddat ekani haqida
Men uchun bu normal holat. Bu vaqtda iqlimga moslashishimga ishonaman. Doimiy ravishda Vegasga borib turaman. U yerda ishim bor, TMT jamoam o‘sha yerda shug‘ullanadi.
Tajribali Myorshart Hamzat Chimayevga qarshi juda yomon ishtirok etgani haqida
Ko‘pchilik Hamzatning zarbasi kuchli ekanini aytadi, men bunga ishonaman va o‘sha kuni buni ko‘rdik. Uning omadi keldi. Omad bu sport turida asosiy rolni egallaydi. Bir daqiqadan keyin nima bo‘lishini hech birimiz bilmaymiz.
2020 yil 31 oktabrda koronavirusga chalingani sabab Kevin Holland bilan jang qoldirilgandi. O‘sha jang o‘tkazilganda, hozir qanday holat yuz berishi mumkinligi haqida
Agar o‘sha jang o‘tkazilib, mening foydamga hal bo‘lganda, top-15 da turgan bo‘lardim, deb o‘ylayman. Uning jang uslubi ojiz, «defence» (himoya) juda ojiz. Uning hujumlarini nazorat qila olardim. U gapirib sizni chalg‘itadi. Men bilan esa bu ishni qila olmasdi. Uni yenga olardim, deb o‘ylayman. Myorshartdan oldin Holland bilan jang qilishga tayyor ekanligimni aytgandim. U boshqa jangga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytishdi. Menimcha, unga kuchsizroq raqib berilgan. Chunki Holland oxirgi ikki jangida mag‘lubiyatga uchradi.
Myorshartni yenga olsa, o‘rta vazn toifasida top-15 ga kirishi, MDH davlatlari ichida -84 kg vazn toifasida eng kuchli jangchiga aylanishi haqida
Omari eng kuchlisi edi. U hozir UFC’dagi faoliyatini tugatgan. Endi PFL yoki Bellator’ga o‘tadi. Shuning uchun men MDH davlatlari ichida eng kuchlisiga aylanishim mumkin. Avval top-15 ga kirishim lozim.
O‘ziga yoki yaqinlariga qilgan eng yaxshi sovg‘asi haqida
Ancha oldin ota-onamga uy sovg‘a qilgandim. O‘zbekistonda biznesim bor, u yerda to‘rt qavatli bino qurilmoqda. Xayriya ishlari bilan shug‘ullanaman. O‘zimga bir nechta uy xarid qildim. Ba’zi oilalarga kichik uylar hadya qildim. Kimdir tibbiy asbob-uskunalarga muhtoj bo‘lsa, olib beraman. Yaqinda Rolls-Royce sotib oldim.
Mashinalarni sevishi haqida
Mashinalarni yaxshi ko‘raman. Bu mening orzum edi. Mashina, pullar — asosiysi emas. Asosiysi, yaqinlarim haqida qayg‘ura olishim.
Las-Vegasga bu galgi sayohatda Floyd Meyvezer bilan uchrashuv rejalashtirilgani haqida
U bilan yaqinda xabarlashdim. Floyd Mayamida. Agar ulgursa, jangga yetib keladi. Agar ko‘risha olmasak, noyabrda Vegasga qaytaman. Hozir butun diqqatimni jangga qaratganman. Meyvezerning kun tartibi shunaqa: u yoqdan bu yoqqa borib keladi. Bir joyda o‘tirmaydi.
Meyvezerning Logan Pol bilan jangini qanday baholashi haqida
Hech qanday. 200 million dollar ishlab topdi. O‘zi va oilasi uchun butun umrga yetadigan pul ishladi. Balki yana jang qilar. Floyd bilan bu jang haqida suhbatlashganimizda: «O‘shanda nima uchun ringga chiqqanimni bilasan-ku, maqsad — pul edi», — degandi. Nega Logan Pol aynan Floyd bilan ringga chiqdi deb o‘ylaysiz? Axir — u Floyd Meyvezer. «Money Fight».
Mahmud Murodov, UFC jangchisi
29 avgust, yakshanba tongida AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Vegas 35 musobaqasi o‘tkaziladi. O‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov AQSH vakili Jerald Myorshartga qarshi jang qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”