09:55 / 29.08.2021
2 068

Eldor Suyunov: "Katanes jiddiy murabbiy, u avvalgi xatolarni takrorlamaydi deb o‘ylayman"

Eldor Suyunov: "Katanes jiddiy murabbiy, u avvalgi xatolarni takrorlamaydi deb o‘ylayman"
O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Eldor Suyunov yangi murabbiy Srechko Katanes qo‘l ostidagi ilk mashg‘ulotidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Katanes bilan soat 12 dan keyin majlis bo‘ldi. Unda faqat futbolchilar va murabbiylar shtabi ishtirok etdi. Katanes rasman tanishtirildi hamda murabbiy bizdan nimalar kutayotganini, futbolchilar amalga oshirishi kerak bo‘lgan majburiyatlarni aytib o‘tdi.

Oldingi murabbiy davrida ba’zi futbolchilar chetda qolib ketdi va Vadim Abramov haqida futboldan tashqari gap-so‘zlar chiqib ketdi, tanqid qilindi. Siz ham jarohat olganingizdan so‘ng ma’lum muddat terma jamoaga chaqirilmadingiz, Saudiyaga ham olib ketishmadi. Terma jamoaga jalb qilinmasligingizning sababi nimada?
— Menimcha, jarohat. Shuningdek, menda o‘yin amaliyoti ham yetarli emasdi. Shu bois termaga jalb qilinishim noto‘g‘ri ish bo‘lardi.

Katanes bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaydimi, har holda u xorijlik murabbiy...
— Katanes bilan hali birinchi kun bo‘lishimiz. Ilk taassurotlar yaxshi. U jiddiy murabbiy va o‘ylashimcha, bunday narsalarga yo‘l qo‘ymaydi.

Biroq hali u bilan maydondagi harakatlar to‘g‘risida suhbatlashmadik, faqatgina ichki tartib qoidalari haqida murabbiyning fikrlarini tingladik.

Murabbiy qanday qat’iy talablar qo‘ydi?
— Qat’iy talablar deyilganda, jamoaviy yig‘inlarda telefon bilan kelish mumkin emas. Shuningdek, mehmonxonada tunash kerakligi aytildi. Bu barcha xorijlik murabbiylarga xos odat, chunki Kuperda ham shunday talab bor edi.

Jamoaga kim yetakchi va sardor bo‘la oladi deb o‘ylaysiz?
— Jamoa sardori Otabek Shukurov bo‘lgani yaxshi, chunki u markazda to‘p suradi. Markaziy futbolchi sardor bo‘lishining afzalligi hakamlar bilan muloqot qiladi, maydon markazida liderligini namoyish etadi hamda bu vazifa yuklatilgach, u ikki hissa ma’suliyat bilan o‘ynaydi. Shu bois, mening fikricha, Otabek Shukurovni sardorlikka munosib.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Suyunov: "Katanes jiddiy murabbiy, u avvalgi xatolarni takrorlamaydi deb o‘ylayman"