23:58 / 29.08.2021
1 676

“Viktor Bannikov” turniri: O‘zbekiston o‘smir terma jamoasi Turkiyani mag‘lub etdi

“Viktor Bannikov” turniri: O‘zbekiston o‘smir terma jamoasi Turkiyani mag‘lub etdi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “Viktor Bannikov” xalqaro turnirida Turkiya vakillariga qarshi bahs olib bordi.

O‘yinning 31-daqiqasida Murodjon Komilov hisobni ochib, jamoamizni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning boshiga kelib Muhammet Ali O‘zbashkiji muvozanatni tikladi, 1:1. Oradan 5 daqiqa o‘tib Iskandar Soliyev turklar darvozasini ishg‘ol qildi, 2:1. Shundan keyin Azizbek Usmonovning goli evaziga hisob mustahkamlangandi, biroq 82-daqiqada Emirhan Kayar oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, 3:2. O‘yin shu hisob bilan yakunlandi.

“Viktor Bannikov” xalqaro xotira turniri
“B” guruhi | 3-tur

O‘zbekiston - Turkiya 3:2
Gollar:
Murodjon Komilov 31, Muhammet Ali O‘zbashkiji 48, Iskandar Soliyev 53, Azizbek Usmonov 70, Emirhan Kayar 82.

Vakillarimiz keyingi uchrashuvni Belorussiyaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » “Viktor Bannikov” turniri: O‘zbekiston o‘smir terma jamoasi Turkiyani mag‘lub etdi
[/banner_pushhouse