
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi.
Yodingizda bor, Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Mash’al" (1:2) uchrashuvi yakunida mezbon jamoa boshlig‘i Shavkat Saidov o‘zini noprofessional tutgan holda, agressivlik bilan muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakovning ko‘krak qismiga musht bilan zarba bergan edi.
Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan Shavkat Saidovga nisbatan 1 (bir) yil muddatga har qanday futbol faoliyati bilan shug‘ullanishdan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
"Shuningdek, klubdan ushbu rasmiy shaxsga 2021-yilgi mavsum uchun O‘zPFL tomonidan taqdim qilingan litsenziyani 3 kun muddat ichida topshirish talab etiladi.
Mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi", deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing