2 451
Srechko Katanes: "Shvetsiya bilan o‘yinda ko‘proq ijobiy, kamroq salbiy narsa kashf qilmoqchiman"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Bosh murabbiy Srechko Katanes Shvetsiya bilan o‘yinga tayyorgarlik haqida O‘FA matbuot xizmatiga fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hammasi ajoyib. Men O‘FAga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Boisi tashkilotchilik jarayoni juda ham a’lo darajada. O‘yinchilar o‘z ishlari bilan band. Bizda boshqa muammo yo‘q. Faqat Javohir Sidiqovning jarohatidan biroz tashvishlanmoqdaman. O‘ylashimcha u tez orada safga qaytadi. O‘yinga tayyormiz. Shvetsiyaga bo‘lgan parvozimiz uzoq kechdi, deya olaman. Shu bois kecha futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi. O‘yingacha barchasi o‘z iziga tushib ketadi.
Men hali o‘yinchilarning umumiy holatining 5 foizidan ham xabardor emasman. O‘rtoqlik uchrashuvlari aynan shuning uchun tashkil qilinmoqda. Mana shunday bahslar orqali ularning qanday formadaligi, holati bilan tanishamiz. Bizni juda qiyin bellashuv kutmoqda. Umid qilamanki, ertangi uchrashuvdan o‘zim uchun ko‘proq ijobiy, kamroq salbiy narsalarni kashf qilaman. Mashg‘ulotlar emas, haqiqiy o‘yin bizning qandayligimizni ko‘rsatib beradi", - deydi Katanes. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi