22:15 / 10.09.2021
2 966

Jasur Abduraimov: "Iste’fo? Buni rahbariyat hal qiladi"

Jasur Abduraimov: "Iste’fo? Buni rahbariyat hal qiladi"
Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Paxtakor" bizga nisbatan kuchli jamoa ekanligi ma’lum. Biz harakat qilyapmiz. Doimgidek oddiy xatolardan gol o‘tkazib yubordik. Lekin yigitlar harakat qilishmoqda. Futbolchilarning sifati o‘z so‘zini aytmoqda. Deylik Dragan Cheran. Qarang u markazda to‘pni qanday nazorat qilmoqda. Jamoamizda bunday futbolchi yo‘q. Iste’fo haqida savol tug‘ilishi mumkin. Barchasini rahbariyat hal qiladi. Agarda ertaga rahbariyat ketasan desa, tabbiyki savollar tug‘ilmaydi. Klub bilan shartnomam bor. Tarkibga yoshlarni jalb qildik. Bu shunchaki oddiy holat emas. Mavsum o‘rtasidamiz. Xatolar va kamchiliklar bo‘ladi", - deydi Jasur Abduraimov.

- Stanislav Andreyevni birinchi bo‘limning o‘zida almashtirdingiz. Uning o‘yinidan qoniqish hosil qildingizmi?
- U 4-5 marotaba xatoga yo‘l qo‘ydi. Balki o‘yinga moslashib keta olmagandir. Ammo ortiqcha e’tirozim yo‘q. Yoshlarga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyat beryapmiz. Abror Toshqo‘ziyev maydonga tushgach xatolar kamaydi.

- "Metallurg" turnir jadvalida xavfli hududga tushib qoldi. Jamoani qutqarish uchun nimani o‘zgartirish kerak?
- Hozirda ruhiy tomondan biroz qiyin bo‘lmoqda. Mashg‘ulotlarda barcha birdek ishlayapti. Mavsum o‘rtasida tarkibni o‘zgartirdik. Agar bizda 2-3 oy yig‘inlar o‘tkazishga vaqt bo‘lganida bu jarayon osonroq kechardi. Oson emas.

- Nima, deb o‘ylaysiz stadionlarga muxlislarni qaytarish vaqti keldimi?
- Mening o‘ylashimcha muxlislar stadionlarga kelishi kerak. Biz muxlislar uchun o‘ynaymiz. Bu o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Abduraimov: "Iste’fo? Buni rahbariyat hal qiladi"