13:45 / 14.09.2021
1 721

Mourinodan tashqari yana nechta murabbiy 1000 tadan ko‘p o‘yin o‘tkazganini bilasizmi?

Mourinodan tashqari yana nechta murabbiy 1000 tadan ko‘p o‘yin o‘tkazganini bilasizmi?
A Seriyaning uchinchi turida “Sassuolo”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv Joze Mourino uchun bosh murabbiylik lavozimidagi 100-o‘yin bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis bu marra zabt etgan 48-mutaxassis hisoblanadi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon rekordi ser Aleks Fergyusonga tegishli. Bu murabbiy shogirdlarini 2155 marotaba maydonga boshlab tushgan. Keyingi o‘rinlarda Arsen Venger (1701 ta o‘yin) va Grem Terner (1659 ta o‘yin) qayd etilgan.

Mourino o‘zi bosh murabbiy bo‘lgan uchrashuvlarning 64 foizida g‘alabani nishonlagan va bu borada kuchli uchlikdan o‘rin olgan. Faoliyatida jamoasini 640 ta uchrashuvda g‘oliblikka imholantirgan portugaliyalik mutaxassis bu borada o‘tgan asrda “Reynjers”ni boshqargan Bill Strut (66,8 foiz g‘alaba) va “Seltik” ustozi bo‘lgan Villi Meylidan (64,5 foiz g‘alaba) ortda qolmoqda.

Mourinodan keyin minglik dovonni “Vest Xem” bosh murabbiyi Devid Moyes bosib o‘tishi kutilmoqda. Bu mutaxassis hisobida 988 ta uchrashuv bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinodan tashqari yana nechta murabbiy 1000 tadan ko‘p o‘yin o‘tkazganini bilasizmi?