22:48 / 16.09.2021
3 328

“Nasaf” OFK kubogi yarim finalida Osiyoning eng qadimiy klublaridan biriga qarshi o‘ynaydi

“Nasaf” OFK kubogi yarim finalida Osiyoning eng qadimiy klublaridan biriga qarshi o‘ynaydi
Xabaringiz bor, joriy yilning 22 sentabr kuni OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalida Qarshining “Nasaf” klubi Hindistonning “Moxun Bagan” jamoasini qabul qiladi.

“Moxun Bagan” – Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida joylashgan Kalkutta shahri sharafini himoya qiladi. Klub 1889 yilda tashkil topgan bo‘lib, Osiyoning eng qadimiy futbol klublaridan biri hisoblanadi. “Moxun Bagan”ning 100 yilligiga mamlakat oldidagi hizmatlari uchun “Hindiston milliy klubi” unvonini olgan. Uch karra Milliy futbol ligasi g‘olibi. Federatsiya kubogi tarixidagi eng ko‘p muvaffaqiyat qozongan jamoa hisoblanadi. Ular ushbu kubokni 14 marotaba qo‘lga kiritgan.

“Moxun Bagan” bir qator legionerlar (Roy Krishna (Fidji orollari), Adnan Xyugo Boumu (Fransiya), Devid Uilyams (Avstraliya), Joni Kauko (Finlyandiya), Tiri (Ispaniya), Karl Makyu (Irlandiya) va kuchli mahalliy futbolchilar (Amrinder Singx, Pritam Kotal) to‘p tepadi.

“Moxun Bagan” OFK Kubogi-2021 “D” guruhi g‘olibi sanaladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” OFK kubogi yarim finalida Osiyoning eng qadimiy klublaridan biriga qarshi o‘ynaydi