“Roma” futbolchisi Mourinoning sirini ochib qo‘ydi

“Roma” futbolchisi Mourinoning sirini ochib qo‘ydi
Joze Mourino murabbiylik faoliyatida ilgari kuzatilmagan natijani qayd etdi. Uning shogirdlari ketma-ket oltita rasmiy uchrashuvda g‘alaba qozondi.

Xo‘sh, “Roma” qanday qilib yengilmas jamoaga aylanmoqda? Jamoa himoyachisi Janluka Manchini Mourino o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarning o‘ziga xos xususiyatlarini oshkor qildi.

- Murabbiy jamoani qabul qilib olgan ilk kunlardanoq, bizga g‘oliblik ruhini singdirishga harakat qilyapti. Mashg‘ulotlarimiz xotirjam va sekin o‘tgan paytni eslay olmayman. Mourino bizlarni jasorat ko‘rsatishga undaydi, - deydi Janluka Manchini.

Iste’dodli himoyachining o‘zi A Seriyadauchta uchrashuvda maydonga tushdi. “Roma” milliy chempionatda to‘rtinchi tur oldidan ochko yo‘qotmagan uch jamoadan biri bo‘lib turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar