1 970
Ulug‘bek Baqoyev: "Musobaqa jadvali nuqtai nazaridan 3 ochko qo‘lga kiritganimizdan xursandman"
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Musobaqa jadvali nuqtai nazaridan 3 ochko qo‘lga kiritganimizdan xursandman. O‘yin tomonlama esa ba’zida "portlaymiz", ba’zida to‘xtaymiz... Futbolda gol urish va to‘p o‘tkazib yubormaslik muhim", – deydi Ulug‘bek Baqoyev.
- O‘tgan turda jarohat olgan Nasriddinov va Qulmatovning holati qanday?
- Menimcha, Daniel Nasriddinov va Sardor Qulmatov 2-3 haftani o‘tkazib yuboradi. Bugun ham ikkita jarohat bo‘ldi. Umid qilamanki, ular tezda safga qaytishadi.
- Keyingi turdagi raqib "Andijon" so‘nggi paytda juda yaxshi o‘ynamoqda...
- Har bir jamoaning o‘z maqsadi bor: "Andijon" ligada qolish uchun, biz esa medallar uchun kurashyapmiz. Qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Tayyorgarlik ko‘ramiz va uyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.
- Chempionat tugashiga 6ta tur qoldi. Jamoangiz OCHLga yo‘llanma olishiga qanchalik ishonyapsiz?
- Albatta, murabbiylar shtabi futbolchilarga ishonadi. Bu futbol, unda kutilmagan natijalar bo‘lib turadi. Umid qilamizki, hammasi yaxshi bo‘ladi va muxlislarni xursand qilishda davom etamiz. Eng asosiysi, klub rahbariyati bizni qo‘llab-quvvatlab tursa bo‘lgani. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?