22:07 / 26.09.2021
1 962

Ulug‘bek Baqoyev: "Musobaqa jadvali nuqtai nazaridan 3 ochko qo‘lga kiritganimizdan xursandman"

Ulug‘bek Baqoyev: "Musobaqa jadvali nuqtai nazaridan 3 ochko qo‘lga kiritganimizdan xursandman"
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Musobaqa jadvali nuqtai nazaridan 3 ochko qo‘lga kiritganimizdan xursandman. O‘yin tomonlama esa ba’zida "portlaymiz", ba’zida to‘xtaymiz... Futbolda gol urish va to‘p o‘tkazib yubormaslik muhim", – deydi Ulug‘bek Baqoyev.

- O‘tgan turda jarohat olgan Nasriddinov va Qulmatovning holati qanday?
- Menimcha, Daniel Nasriddinov va Sardor Qulmatov 2-3 haftani o‘tkazib yuboradi. Bugun ham ikkita jarohat bo‘ldi. Umid qilamanki, ular tezda safga qaytishadi.

- Keyingi turdagi raqib "Andijon" so‘nggi paytda juda yaxshi o‘ynamoqda...
- Har bir jamoaning o‘z maqsadi bor: "Andijon" ligada qolish uchun, biz esa medallar uchun kurashyapmiz. Qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Tayyorgarlik ko‘ramiz va uyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.

- Chempionat tugashiga 6ta tur qoldi. Jamoangiz OCHLga yo‘llanma olishiga qanchalik ishonyapsiz?
- Albatta, murabbiylar shtabi futbolchilarga ishonadi. Bu futbol, unda kutilmagan natijalar bo‘lib turadi. Umid qilamizki, hammasi yaxshi bo‘ladi va muxlislarni xursand qilishda davom etamiz. Eng asosiysi, klub rahbariyati bizni qo‘llab-quvvatlab tursa bo‘lgani.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Musobaqa jadvali nuqtai nazaridan 3 ochko qo‘lga kiritganimizdan xursandman"