Ma’lumki, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi dunyo davlatlari bilan keng hamkorlik rishtalarini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorlik doirasida turli mamlakat terma jamoalarining xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etib kelinmoqda.
Shu kungacha Toshkentda Gruziya, Fransiya, Rossiya, Sloveniya, Tojikiston, Qozog‘iston, Misr kabi o‘ndan ziyod davlatlar dzyudo terma jamoalarining mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘z navbatida O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochilari Gruziya, Isroil, Albaniya singari davlatlarda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda qatnashishdi.
Bugun tong saharda esa yurtimizga dzyudo bo‘yicha Saudiya Arabistoni terma jamoasi yetib keldi. Ismoil Siddiq boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan 20 kishi joy olgan bo‘lib, ularning 15 nafarini dzyudochilar tashkil etadi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiy Dani Jorj. Shuningdek, Rania Salvaj murabbiyligidagi ayollar terma jamoasi ham Toshkentda mashg‘ulot o‘tkazadi. Saudiyaliklarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 15 oktabrga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz