2 637
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O‘zbekiston terma jamoasiga JCH—2021 dagi ilk g‘alabani taqdim etdi

Boks bo‘yicha Serbiyaning Belgrad shahrida JCH—2021 bahslariga 25 oktabr, dushanba kuni start berildi.
O‘zbekiston terma jamoasi nomidan 1-kungi janglarda faqat bir bokschi ishtirok etdi.
-67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 1/32 final doirasida irlandiyalik Brendon Makkiverga qarshi ringga ko‘tarildi. Mo‘ydinxo‘jayev uchala raundda ham faol harakat qilib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. Hakamlar jang yakuniga ko‘ra Asadxo‘janing 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.
Shu tariqa Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev irlandiyalik raqibidan ustun kelgan holda 1/16 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqaga yangilangan tarkibda yo‘l olgan. 13 ta vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qiladigan sportchilar orasidan Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov hamda Shahram G‘iyosov kabi tajribali bokschilar ham o‘rin olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar