Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi va keyinroq mezbonlar futbolchisi Jasur Hasanov unga nisbatan javob qaytardi.
Jasur Hasanov Piter Xyuistraga nisbatan juda qo‘pol fikr bildirdi. Bunda u shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi o‘xshatishdan foydalandi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu kabi haqoratlarni qoralaydi. Shundan kelib chiqib, Hasanov masalasi O‘FA Etika qo‘mitasiga oshirildi.
Hasanovning bu hatti-harakatiga “Paxtakor” bosh murabbiyi tomonidan bildirilgan fikr sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi murabbiylar fikrini hurmat qiladi. Biroq bu borada ular chegaradan chiqmasliklarini so‘raydi. Shundan kelib chiqib, mehmonlar bosh murabbiyi ishi ham Etika qo‘mitasiga oshirildi.
Shuningdek, Coca-Cola Superliganing mazkur turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi portugaliyalik murabbiy fikrlarini hurmat qiladi va har qanday holatda ham uni Reglamentga amal qilishga chaqiradi. Unga ko‘ra, uchrashuv hakamlarini tanqid qilishga cheklov qo‘yilmagan. Shunchaki, hakamlik masalasida xatolar kuzatilgan bo‘lsa, yozma ravishda shikoyat kiritilishi kerakligi va bu boradagi yo‘l-yo‘riqlar Reglamentda o‘z ifodasini topgan. Reglamentning 18.19-bandidan kelib chiqib, Sekeyra ishi intizom chorasi qo‘llash uchun Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.
Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvi davomida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Reglamentga zid bo‘lgan qator hatti-harakatlarni amalga oshirgan. Komissar bildirgisiga asosan, “Nasaf” ustozining hatti-harakatlariga Tartib-intizom qo‘mitasi baho beradi.
Ayollar Oliy ligasining 20-turidan o‘rin olgan “Paxtakor-W” — “Navbahor-W” uchrashuviga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar uchrashuvni yakunlamay, maydonni tark etgan. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL jamoa bosh murabbiyi Karima Yo‘ldoshevaning litsenziyasini vaqtincha bekor qildi va uning hatti-harakatlarini Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirdi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum avvalida “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ni taqdim etgan. Sizda Reglament matni bilan elektron tanishish imkoniyati mavjud. Biz futbol murabbiylarining fikr-mulohazalarini hurmat qilamiz. Shu bilan birgalikda, ular fikr bildirayotganga yoki biror hatti-harakatni amalga oshirayotganda etika normalaridan chetga chiqmasliklarini talab etamiz. Reglament oldida barcha birdek javobgar ekanligi unutilmasligi shart.
Manba: pfl.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi