Amputantlar o‘rtasida JCh. O‘zbekiston Irlandiyani ham yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston nogironlar terma jamoasi jahon chempionatining 2-turida ham yirik hisobda g‘alaba qozondi va muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoamiz Irlandiyaga qarshi bahs olib bordilar va 6:2 hisobida g‘alabani rasmiylashtirishdi. Uchrashuvda Abdujamil Shukurov xet-trikka erishgan bo‘lsa, Qudrat Xudoyqulov va Tursunali Haydarov o‘z hisoblariga gol yozib qo‘yishdi.
Braziliya terma jamoasi ham Ukrainani mag‘lub etdi (2:0) va pley-offga chiqdi. Bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi bahsda guruh g‘olibi aniqlanadi.
Foto: stadion.uz
Tekst: stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing