O‘zbekiston Superligasining 2022 yilgi mavsumi Superkubok uchrashuvi bilan start oladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston Superkubogi bahsi 26 fevral sanasida bo‘lib o‘tadi. Unda chempion sifatida «Paxtakor» va Kubok sohibi sifatida «Nasaf» o‘zaro kurash olib boradi.
Superliganing yangi mavsumi esa 2 mart kuni start oladi. Chempionatda 14 ta jamoa ishtirok etadi.
1. «Paxtakor»;
2. «OKMK»;
3. «Bunyodkor»;
4. «Lokomotiv»;
5. «Nasaf»;
6. «So‘g‘diyona»;
7. «Metallurg»;
8. «Navbahor»;
9. «Qo‘qon-1912»;
10. «Surxon»;
11. «Qizilqum»;
12. «Neftchi»;
13. «Dinamo»;
14. «Olimpik».
2021 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra «Andijon» (13-o‘rin) va «Turon» (14-o‘rin) Superligani tark etdi. Pro-Ligadan «Neftchi» va «Dinamo» Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘tish o‘yinida Pro-Ligada 3-o‘rinni olgan «Olimpik» jamoasi Superligada 12-pog‘onani band etgan «Mash’al»ga qarshi bahs olib bordi. Unda Temur Kapadze shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, 2022 yilgi mavsumni Superligada boshlash imkoniga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi