“Spartak” prezidenti Leonid Fedun va klubning sobiq bosh direktori Shamil Gazizov o‘rtasidagi mojaro hali uzoq davom etadigan ko‘rinadi. Biz uchun noxush tomoni o‘rtada muammo bo‘layotgan masala Oston O‘runovning transferiga tegishli ekanidir.
Ma’lumki, Shamil Gazizov 2020 yil boshida “Ufa”da yorqin o‘yin ko‘rsatib, grand klublar e’tiboriga tushgan Oston O‘runovni hech kimga bermay, yozda o‘zi yangi ish boshlagan “Spartak”ga olib o‘tdi. Qisqa fursatda hamma narsa o‘zgarib ketdi.
“Spartak” xo‘jayini Leonid Fedun yil oxirigi borib Gazizovni bo‘shatib yubordi. O‘rtada Gazizov orqali Moskvaga kelgan O‘runov noqulay vaziyatga tushib qoldi. Fedun va Gazizov shundan beri matbuotda bir biriga tosh otadi, turli masalalarda sudlashib ham yurishibdi.
Yaqinda “Spartak” xo‘jayini ufalik mutaxassis klubga Oston O‘runov va Aleksandr Kokorinni olib kelganida noqonuniy komissiya pullariga ega bo‘lganini ta’kidlab, bu borada sudga murojaat qilishini bildirgandi.
Shamil Gazizov uzoq kutmay qarshi hujumga o‘tdi. Ayni paytda “Ufa” klubi bosh direktorligiga qaytgan mutaxassis Rossiya matbuotiga bergan intervyusida bir qator masalalar, jumladan Oston O‘runovning transferi bo‘yicha ham o‘z pozitsiyasini bildirdi.
- “Spartak”ga kelganimda kimlarga to‘qnash bo‘lganimni, bu odamlarning mavqei baland ekanini bilardim. Lekin masala bu darajaga yetishini to‘g‘risi kutmaganman. Bundan buyog‘iga jim turishim hech qaysi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Shu paytgacha indamadim.
Ustimdan mag‘zava ag‘darishdi, O‘runov transferi bilan bog‘liq turli ig‘volarni to‘qib chiqarishdi. Kokorin bilan ham shunday. Men bularning barchasini jimgina kuzatdim. Menimcha hozir eng tanbal odamlargina bu mavzuga bosh suqmadi xolos.
Ayrimlar Oston O‘runovni men o‘zimdan o‘zim sotib olganimni gapiryapti. Xuddi bu futbolchi biror buyumdek. “Spartak” O‘runov transferida ham, Kokorinda ham bir tiyin komissiya to‘lagan emas, - dedi Shamil Gazizov.
Shamil Gazizov “Spartak” prezidendi Leonid Fedun uni aldaganini iddao qilmoqda. Imzolangan kelishuvda poytaxt klubi ufalik mutaxassisni muddatidan oldin iste’foga chiqaradigan bo‘lsa, unga klub aksiyalarining 10 foizini berishi, bundan tashqari, "Spart“k" Yevrokuboklarga yo‘llanma olgan mavsum uchun bir million yevro miqdorida ulush ajratilishiga kelishilgani aytilmoqda.
Fedun bu iddaolarni tan olmayapti va Shamil Gazizov O‘runov va Kokorin transferlarida o‘ziga pul ishlab olgan, degan fikrni ilgari surib, sobiq bosh direktorga pul to‘lamoqchi emasligini bildirmoqda.
“Spartak”da yuzaga kelgan vaziyatdan Aleksandr Kokorin oson qutildi. U bir yil muqaddam “Fiorentina” taklifini qabul qilib, A Seriyaga ko‘chib o‘tdi. Rossiyalik hujumchi Italiyada o‘zini ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, har holda Moskvadagi “o‘yinlar”dan uzoqda.
Oston O‘runov masalasi biroz chigal. Legionerimizning “Spartak” bilan 2025 yilning yormigacha davom etadigan shartnomasi bor. Bu klub hamyurtimizni keyinchalik ham o‘ynatmoqchi emas. Oston hozircha, ijara asosida “Ufa” sharafini himoya qilmoqda. Ufaliklarda yozni uni 1 million yevroga sotib olish huquqi bor.
Biroq, Boshqirdiston jamoasida moliyaviy inqiroz kuzatilmoqda. Musobaqa jadvalining quyi pog‘onalarilan ko‘tarila olmayotgan klub premer-ligani tark etsa, jamoa tarqalib ketishi haqida xabarlar chiqdi.
Xullas, Oston O‘runovning kelajak faoliyati hamon mavhumligicha qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi