
“Bunyodkor” klubi mavsum startiga yaqin o‘z safini yangi legioner bilan to‘ldirishga erishdi. Ma’lum bo‘lishicha, xorvatiyalik yarim himoyachi Dmitriy Pobulich endi “Bunyodkor” sharafini himoya qiladi.
Klub matbuot xizmati bu borada shunday xabar qiladi: “xorvatiyalik yarim himoyachi Dmitriy Pobulich ertadan “qaldirg‘ochlar” safidagi mashg‘ulotlarini davom ettiradi.

Bugun tushdan so‘ng Moskva orqali Toshkentga yetib kelgan futbolchini Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda klub rasmiylari kutib oldi. Istiqomat uchun “Bunyodkor” akademiyasi bazasiga joylashgan yarim himoyachi ertadan jamoa safidagi mashg‘ulotlarni davom ettiradi. So‘nggi klubi Armanistonning “Ararat” klubi bo‘lgan Dmitriy Pobulich bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolandi”.
Ma’lumot uchun
DMITRIY POBULICH
Tug‘ilgan sanasi: 10.05.1994 yil
Fuqaroligi: Xorvatiya
Bo‘yi: 177 sm. Vazni: 75 kg
Faoliyati
2012 yil OFK (Serbiya)
2013 yil “Dorkol” (Serbiya)
2013-2014 yillar “Timok” (Serbiya)
2014-2015 yillar “Sindelich” (Serbiya)
2016-2017 yillar OFK (Serbiya)
2017-2018 yillar BSK (Serbiya)
2018-2019 yillar “Rad” (Serbiya)
2019-2020 yillar “Radchiki” (Serbiya)
2020 yil “Grafichar” (Serbiya)
2021-2022 yillar “Ararat” (Armaniston)
BunyodkorDmitriy PobulichXorvatiyaFutbolchiMashg‘ulotlarLegioner futbolchi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar