21:50 / 06.04.2022
876

"Dinamo" murabbiyi "Neftchi"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

"Dinamo" murabbiyi "Neftchi"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi "Dinamo" - "Neftchi" bellashuvida mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindan so‘ng samarqandliklar bosh murabbiyi Predrag Rogan matbuot anjumanida ishtirok etdi:

"Bugun bizga aql bilan o‘ynash, to‘g‘ri pozitsiya tanlash, mas’uliyatni his qilish, to‘p bilan va to‘psiz harakat qilish kabi bir necha jihatlar yetishmadi. O‘z ustimizda juda ko‘p ishlashimiz lozim.

Ilk soniyalarda o‘tkazib yuborilgan gol tabiiyki, rejalarimizga ta’sir ko‘rsatdi. Jamoamiz hali yosh. Tarkibimizda o‘smir yigitlar yetarlicha. Shogirdlarimning psixologik holati bilan ishlashim kerak.

Siz hozir oldin boshqa boshqa jamoalar sharafini himoya qilgan 11 futbolchini bir klubda ko‘rmoqdasiz. Shu bois, hali ishlaydigan jihatlarimiz ko‘p. Shundagina o‘zimiz istagan o‘yinni ko‘rsata olamiz. So‘zim so‘ngida muxlislardan uzr so‘ramoqchiman
".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Dinamo" murabbiyi "Neftchi"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?