
La Liga 32-turidan o‘rin olgan "Levante" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda "ko‘k-anorranglilar" 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mezbonlar futbolchilari Morales hamda Melero penaltidan Ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, germaniyalik posbon yana bir 11 metrlik zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. "Barsa" tarkibida Pedri hamda Obameyang asosiy vaqtda gol urgan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lyuk De Yong jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Levante – Barselona 2:3
Gollar: 1:0 – 52, penalti Morales, 1:1 – 59 Obameyang, 1:2 – 63 Pedri, 2:2 – 83, penalti Melero, 2:3 – 90 de Yong.
Levante – Kardenas, Miramon, Postigo, Vezu (Kantero, 76), Rober, Son, Kampanya (Melero, 65), Radoya (Bardi, 76), Pepelu, Morales (Pubil, 90), Roxer Marti (Dani Gomes, 65).
Barselona – ter Stegen, Dani Alves (Langle, 81), Arauxo, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong (Gavi, 57), Niko Gonsales (Pedri, 56), Obameyang (de Yong, 84), Dembele (Traore, 84), Ferran Torres.
Ogohlantirishlar: Kampanya (11), Arauxo (87). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar