21:05 / 26.04.2023
206

Italiya O‘zbekistonda “aqlli” dubulg‘a ishlab chiqarishga 1 mln yevrodan ortiq sarmoya kiritadi

Italiya O‘zbekistonda “aqlli” dubulg‘a ishlab chiqarishga 1 mln yevrodan ortiq sarmoya kiritadi
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati 
Italiya kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda texnologiyalar transferini ishlab chiqish va amalga oshirishga 1 million yevrodan ortiq sarmoya kiritish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
 
Xabarga ko‘ra, 24 aprel kuni Innoprom-2023 doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi ko‘magida Illogic (Italiya) va Mind as Engine (O‘zbekiston) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Mazkur hamkorlik bitimi sanoatning samaradorligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan.
 
MyDigitalHelmet – dasturiy-apparat majmuasi, video va audiokontent oqimidan foydalangan holda operatorlarga masofaviy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi aqlli dubulg‘a hisoblanadi. Qurilma xodimlarni masofaviy malaka markaziga ulaydi hamda ularga real vaqt rejimida axborot almashish imkonini beradi.
 
Bundan tashqari, hamkorlikning asosiy maqsadlari texnologiyalar transferini amalga oshirish, sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va MyDigitalHelmet joriy qilish va uni Markaziy Osiyo bozoriga tatbiq etishdan iborat. Mind as Engine boshqaruvi raisi Elmurod Rasulmuhamedovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda texnologiyalar transferini ishlab chiqish va amalga oshirishga 1 million yevrodan ortiq sarmoya kiritish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Italiya O‘zbekistonda “aqlli” dubulg‘a ishlab chiqarishga 1 mln yevrodan ortiq sarmoya kiritadi