21:54 / 07.08.2024
21

Rossiyada YouTube bilan bog‘liq muammolar sabab «VK Video»ni yuklab olish keskin oshib ketdi

Rossiyada YouTube bilan bog‘liq muammolar sabab «VK Video»ni yuklab olish keskin oshib ketdi
Foto: Izvestiya
Rossiyada bir sutka ichida «VK Video» ilovasini yuklab olish 250 ming martagacha oshdi. Avgust oyining birinchi haftasida ushbu ilova iyul oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda 4,5 barobar ko‘proq o‘rnatilgan.

Qayd etilishicha, avgustdan boshlab foydalanuvchilar platformada ko‘proq vaqt o‘tkazishni boshlagan. Oyning dastlabki haftasida ilova orqali videokontentni tomosha qilish sutkalik vaqti o‘tgan oyning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga nisbatan 25 foizga oshgan. Umumiy hisobda bu 10,5 million soatdan ko‘p demak.

«VK Video»da qidiruv so‘rovlari ham keskin — birdaniga 86 foizga oshgan. Foydalanuvchilar asosan ko‘ngilochar shoular va blogerlar kanallarini, ilmiy-ommabop hamda ta’limga doir kontentlarni qidirmoqda. Eng ko‘p qidiruv so‘rovi berilayotgan mavzular orasida Parijda o‘tkazilayotgan Olimpiada o‘yinlariga oid yangiliklar, musiqiy kontent hamda hujjatli filmlar ham bor.

Bundan oldin «VK Video» Rossiyada eng ko‘p yuklab olingan ilovalar orasida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi. Bunga mamlakatda YouTube faoliyatida kuzatilayotgan muammolar sabab bo‘lmoqda. AppStore'da «VK Video»dan keyin eng ko‘p yuklanayogan ilovalar orasida Rutube hamda TikTok bor.

Avvalroq Rossiyada YouTube videoxostingi muqobili sifatida ishlab chiqilgan «Platforma» mamlakatda Google servislari bloklanishi boshlangach ishlamay qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. «Platforma» Rossiyada 2024 yilning iyunida YouTube'ning o‘rnini bosuvchi videoxosting sifatida ishga tushirilgan. Rteam kompaniyasi dasturchilari yangi videoservisning interfeysi va funksionalligini maksimal darajada YouTube'ga o‘xshash qilib yaratgan. Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteynga ko‘ra, Rossiyada YouTube'ga kirish tezligi 70 foizgacha tushib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada YouTube bilan bog‘liq muammolar sabab «VK Video»ni yuklab olish keskin oshib ketdi