
Amerikalik ixtirochi Tomas Edison marhumlar bilan suhbatlashish uchun qurilma yasashga uringan, deya xabar bermoqda Agence France-Presse Edison memuarlarining Fransiyada chop etilgan nashriga tayanib.
Ixtirochi qaydlarining ingliz tilida chop etilgan versiyalarida esa okkultizmga bag‘ishlangan boblar olib tashlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Tomas Edison 1870 yillar oxirida o‘z fonograflarining tovush signallarini kuchaytiruvchi «ruhfon» yaratishga harakat qilgan. Shuningdek, u o‘z hamkasbi Uilyam Uolter Dinuiddi bilan bitim tuzib, kim birinchi vafot etsa, narigi dunyodan ikkinchisiga xabar jo‘natishga kelishib olgan.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar