
4 noyabr sanasi kirib kelishi bilan Turkiyada bir qator ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook, Instagram,Twitter, WhatsApp messenjeri va YouTube videoxostingi faoliyati shu qadar sekinlashdiki, bu tarmoqlardan foydalanishning imkoni bo‘lmay qoldi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.
Istanbul shahrining Suriya bilan chegaradosh hududida yashovchi aholidan yuqoridagi masala yuzasidan ilk shikoyatlar kelib tushgan.
Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim yuzaga kelgan bu vaziyat to‘g‘risida bayonot berar ekan, ijtimoiy tarmoqlarning ishlamasligi vaqtinchalik ekanini ta’kidlab o‘tdi:
“Bularning bari xavfsizlik yuzasidan amalga oshirilmoqda va bu vaqtincha. Xavf bartaraf etilgach, albatta barchasi o‘z o‘rnida faoliyatini davom ettiradi”.
Yana ba’zi manbalar bu axborot xurujidan himoya qilish maqsadida amalga oshirilayotganini xabar qilmoqda. 4 noyabr kuni ertalab Turkiya poytaxti Anqara shahrida terrorchilik harakatlarini targ‘ibot qilishda gumon qilingan 11 nafar deputat qo‘lga olingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar