date
views 0

Airbus’ning vodorodli samolyoti 2035-yilgacha tayyor bo‘lmaydi

Airbus’ning vodorodli samolyoti 2035-yilgacha tayyor bo‘lmaydi
Airbus kompaniyasi tomonidan 2020-yilda boshlangan vodorod yoqilg‘isida ishlovchi samolyot loyihasi 2035-yilgacha to‘liq amalga oshmasligi aniq bo‘ldi, deb xabar beradi Wylsa.com.

Loyiha doirasida 15 yil ichida vodorod bilan ishlaydigan uchta tijorat samolyotini ishlab chiqarish rejalashtirilgan edi. Bu uchun Airbus 1,7 milliard yevro sarmoya kiritgan. Ammo nol uglerodli dvigatelni ishlab chiqish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bunga qo‘shimcha ravishda vodorodni ishlab chiqarish, tashish va xavfsiz saqlash bilan bog‘liq texnologik muammolar loyiha sur’atini pasaytirdi.

2024-yil fevral oyida Airbus rahbari Giyom Fauri ushbu loyihada oddiy samolyotlarga raqobatchi bo‘la oladigan tijorat modelini yaratish imkonsiz bo‘lganini aytdi. Mart oyida esa bu loyihani tezkor, ammo iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatsiz Concorde bilan solishtirdi.

Hozirda loyiha Airbus ichida mavjud bo‘lib qolmoqda, biroq byudjet va muhandislar soni sezilarli darajada qisqartirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Airbus’ning vodorodli samolyoti 2035-yilgacha tayyor bo‘lmaydi