date
views 63

Samsung’dan yangi funksiya: ekranda selfi orqali xarid takliflari

Samsung’dan yangi funksiya: ekranda selfi orqali xarid takliflari
Samsung kompaniyasi 2025-yildan boshlab Galaxy smartfonlari blokirovka ekranida selfiga asoslangan shaxsiy reklama va AI-shopping funksiyasini joriy etadi, deb Rozetked xabar berdi. Glance kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Glance AI funksiyasi Galaxy S22, S23, S24 va S25 modellari uchun mo‘ljallangan.

Texnologiya foydalanuvchi selfisini tahlil qilib, sun’iy intellekt yordamida mos kiyim-kechak obrazlarini yaratadi va xaridni bir marta bosish orqali amalga oshirish imkonini beradi. Funksiya ixtiyoriy tarzda yoqiladi, biometrik ma’lumotlar esa 12 oy davomida yoki akkaunt o‘chirilgunga qadar saqlanadi.

Glance AI onlayn shopping platformalari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, foydalanuvchi xohishlariga mos mahsulotlarni tavsiya qiladi. Samsung maxfiylik masalasiga alohida e’tibor bergan: ma’lumotlar shifrlanadi va foydalanuvchi ularning foydalanilishini nazorat qiladi.

Glance — 2019-yilda tashkil etilgan hind texnologik kompaniyasi bo‘lib, Google va Samsung bilan hamkorlikda blokirovka ekrani uchun shaxsiy kontent va reklama platformasini ishlab chiqadi. Xizmat Google I/O 2025’da ham namoyish etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung’dan yangi funksiya: ekranda selfi orqali xarid takliflari