date

Nokia mijozlarni beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘i bilan tanishtirdi

Nokia mijozlarni beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘i bilan tanishtirdi

Finlyandiyaning mijozlarni Nokia kompaniyasi muhandislari 1.25 Gb/s tezlikda axborot uzatishga qodir beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘i loyihasi ustida ishlamoqda.

Bruklinda 5G-texnologiyalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan sammitda kompaniya vakillari yangi loyiha taqdimotini o‘tkazdi. Yangi tarmoq axborot uzatish uchun 73 GGs to‘lqinlari chastotasidan foydalanadi. Shuningdek, loyihada 2×2 MIMO konfigurasiyasi, Null Cyclic Prefix modulyasiyasi va 100 mikrosekundli kadr o‘lchovi qo‘llanmoqda. Axborot qanday masofadan uzatilishi haqida ma’lumot berilmagan. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, ular ishlab chiqqan texnologiya tarmoqdan bir paytning o‘zida foydalanayotganlarning sonidan qat’iy nazar tezlikni tushirmaslikka imkon beradi.

“Biz insoniy salohiyatni oshirish va butun dunyoni yagona tarmoq ichida birlashtirishga intilmoqdamiz. 5G mobil tarmoqlari aloqa va axborot sohasini rivojlantirishning asosiy omili bo‘lib qolmoqda. Biz o‘z ishlanmalarimizni keng jamoatchilikka taqdim eta olganimizdan xursandmiz. Bu bizning kompaniya 5G sohasida etakchi mavqelardan birida turganligini ko‘rsatadi”, – degan Nokia prezidentining tadqiqotlar va texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Lauri Oksanen.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda mavjud mobil tarmoqlar 800 MGs dan 2.6 GGs gacha bo‘lgan diapazonda ishlaydi. Nokia esa tarmoqlar tezligini 73 GGs ga qadar ko‘targanini ma’lum qilmoqda. Bu texnologiyani joriy qilishda tug‘iladigan asosiy muammolardan biri, mutaxassislarning fikricha, yuqori chastotali signalning devorlar va boshqa to‘siqlardan o‘tishi qiyin bo‘lishidir. Ya’ni, texnologiya to‘g‘ri va uzluksiz ishlashi uchun operatorlar antennalarni yuqoriroq va bir-biriga yaqinroq joylashtirishiga to‘g‘ri keladi.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Nokia mijozlarni beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘i bilan tanishtirdi