23:34 / 27.12.2016
7 197

Qalinligi rekord darajada ingichka sim yaratildi

Qalinligi rekord darajada ingichka sim yaratildi

Stenford universiteti olimlari xalqaro guruhi dunyodagi eng ingichka sim yaratishdi. Ular buning uchun olmos kristall panjarasining eng kichik strukturaviy birligi – almazoiddan foydalanishdi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

Bor-yo‘g‘i uch atom qalinlikdagi sim ikkita: o‘tkazuvchi va izolyasiyalovchi qismdan iborat. O‘tkazuvchi qismni oltingugurt va mis birlashmasi – xalkogenidlar, izolyasiyalovchi qismni almazoidlar tashkil qiladi. Tadqiqot mualliflari sim o‘lchamlariga e’tibor qaratib, bir va ikki o‘lchamli materiallar ularni fazoviy materiallardan farqlovchi bir qator xususiyatlarga egaligini ta’kidlashdi.

Olimlar fikricha, ularning ixtirosi optoelektronika, o‘ta o‘tkazuvchilar va elektr energiya yaratuvchi materiallarni yaratishda foydali bo‘lishi mumkin. Almazoidlar hozirda elektron mikroskoplar va kichik elektron qurilmalar yaratishda qo‘llanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qalinligi rekord darajada ingichka sim yaratildi