Facebook foydalanuvchilar o‘limidan so‘ng akkauntlarini kimga vasiyat qilishlariga qiziqib ko‘rdi

Facebook foydalanuvchilar o‘limidan so‘ng akkauntlarini kimga vasiyat qilishlariga qiziqib ko‘rdi
Facebook foydalanuvchilar o‘limidan so‘ng akkauntlarini kimga vasiyat qilishlariga qiziqib ko‘rdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari orasida qiziq so‘rovnoma o‘tkazdi. Foydalanuvchilar o‘limlaridan so‘ng yoki “akkaunt egasiga biror narsa bo‘lgan taqdirda” uni kimga qoldirishlari haqidagi savolga javob berishdi, deb yozadi Kun.uz.

Foydalanuvchi tanlagan “merosxo‘r”ga quyidagi imkoniyatlar beriladi: xotira devorining yuqori qismida aks etadigan postlar yozish; do‘stlashish haqidagi so‘rovnomalarni qabul qilish; profil suratini o‘zgartirish, yashirish yoki olib tashlash.

Shuningdek, foydalanuvchilar “akkauntni muzlatib qo‘yish” yoki “butunlay o‘chirib tashlash” javoblarini ham tanlashi mumkin bo‘ldi.
Hisob-kitoblardan ma’lum bo‘lishicha, 60-70 yoshdagi foydalanuvchilarning katta qismi o‘limlaridan so‘ng akkauntlari o‘chirib tashlanishini istaydi. Yosh foydalanuvchilarning 38 foizi sahifalarining muzlatib qo‘yilishini, 23 foizi esa uni meros qilib yaqinlariga o‘tkazishni istaydi.
Facebook foydalanuvchilar o‘limidan so‘ng akkauntlarini kimga vasiyat qilishlariga qiziqib ko‘rdi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar