Amerikalik aloqa operatori birinchi iPhone'ni asosiy funksiyalardan mahrum qiladi

Amerikalik aloqa operatori birinchi iPhone'ni asosiy funksiyalardan mahrum qiladi
Amerikalik aloqa operatori birinchi iPhone'ni asosiy funksiyalardan mahrum qiladi

Amerikaning AT&T operatori foydalanuvchilarni 2G-tarmoqlar o‘chirilishidan ogohlantirdi. Bu iPhone'ning birinchi avlodi kabi qurilmalarning asosiy funksionalini qo‘llab-quvvatlash poyoniga etganini bildiradi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Shunday qilib, bundan buyon eskirgan mobil devayslar orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va SMS-xabar yo‘llash imkoni bo‘lmaydi.

Telekom-gigant asosiy e’tiborini LTE-tarmoqlar va 5G nomini olishi kutilayotgan hamda 2020 yilda bozorda paydo bo‘ladigan kelajak standartini rivojlantirishga qaratmoqchi. AT&T'ning tashabbusini AQSh va Evropadagi bir necha operatorlar qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

2G-tarmoq 1991 yilda paydo bo‘lgan va u GSM raqamli mobil standarti hisoblanadi. Simsiz aloqaning ikkinchi avlodi shifrlangan qo‘ng‘iroqlardan tashqari SMS-xabar yo‘llash imkoniga ega bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar